Yaponiyada O‘zbekiston fuqarosi ozod etildi. U nega hibsga olingandi?

Yaponiyada O‘zbekiston fuqarosi ozod etildi. U nega hibsga olingandi?

2018 yil 26 sentyabr kuni ta’lim olish maqsadida Yaponiyaga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Yaponiya do‘konlaridan birida 800000 yena o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib, hibsga olingan edi.

"Darakchi" nashrining xabar berishicha 2018 yilning 4 oktyabrida ushbu vatandoshimizning onasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasiga yordam olish maqsadida murojaat qildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Izboskan tuman Kengashi va «Taraqqiyot» mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda Yaponiyadagi hamyurtimiz ishini yengillashtirish uchun tavsiyanomalar yo‘llandi.

Shu hodisadan xabar topgan O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi konsuli - Erkin Tohirov, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Yaponiyadagi vakili - Jo‘rabek Xasanov va Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari assosiasiyasi ishchi guruhi vatandoshimiz holidan xabar olib, voqea tafsilotlari bilan qiziqdi va muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi. Advokat bilan hamkorlikda O‘zbekiston fuqarosining aybsizligini isbotlovchi kerakli hujjatlarni tayyorlashda yordam berdi.

2018 yilning 17 oktyabr kuni ushlab turilgan vatandoshimizning aybini isbotlovchi dalillar yetarli emasligi sababli u javobgarlikdan ozod qilindi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!