Yaponiya valiahd shahzodasi shifokorlar uchun himoya kostyumlari tikdi

Yaponiya valiahd shahzodasi shifokorlar uchun himoya kostyumlari tikdi

Yaponiya valiahd shahzodasi Fumixito va uning oilasi a’zolari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiy xodimlarga himoya kiyimlari tikdi. 

Shahzoda shu tariqa tibbiy xodimlarga o‘z yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilgan. Bu haqda Asahi nashri xabar berdi

Himoya kiyimlarini tikishda imperator saroyi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etgan. 

Yaponiya valiahd shahzodasi shifokorlar uchun himoya kostyumlari tikdi

Shahzoda Yaponiya shifoxonalarida himoya kiyimlari taqchilligi ma’lum bo‘lgandan keyin ularni tikishga bel bog‘lagan.

Kiyimlarga koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha tibbiy xodimlarga minnatdorlik so‘zlari bildirilgan yozuvlar biriktirilgan bo‘lgan.

54 yoshli Fumixito 2019 yil aprelda o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan ketgan imperator Akixitoning kenja o‘g‘li va hozirda hukmronlik qilayotgan imperator Naruxitoning ukasi hisoblanadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!