Xorijlik aktyorlar Bahodir Jalolov haqidagi filmda suratga tushish uchun O‘zbekistonga keldi

Xorijlik aktyorlar Bahodir Jalolov haqidagi filmda suratga tushish uchun O‘zbekistonga keldi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «CONGLOMERATE STUDIO» MCHJ tomonidan suratga olinayotgan «Engilmas. Tokioga yo‘l» filmida suratga tushish uchun bir guruh xorijlik aktyorlar O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, yaponiyalik Masaya Kato, shveysariyalik Filip Reynhard, amerikalik Richard Li, yaponiyalik Osamu Yamamoto, rossiyalik Mariya Shamshina kabi mashhur kinoyulduzlari filmda suratga tushish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

9 iyulga qadar aktyorlar filmning Toshkentdagi suratga olish jarayonlarida ishtirok etadi. Ushbu filmda Tokioda bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan o‘zbek o‘g‘loni Bahodir Jalolovning xalqaro yutuqlari haqida hikoya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!