Borrel Putinning Afrika davlatlarida qo‘llab-quvvatlanishidan xavotir bildirdi

Borrel Putinning Afrika davlatlarida qo‘llab-quvvatlanishidan xavotir bildirdi

Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Afrika mamlakatlaridagi siyosati «rus propagandasi» tufayli qo‘llab-quvvatlanayotganidan xavotir bildirdi.

«Afrikaning ba’zi mamlakatlarida siz Putinni va uning Donbassda qilayotgan ishlarini qo‘llab-quvvatlayotgan odamlarni ko‘rasiz va ular: »Putin Donbassni saqlab qoldi, endi u Afrikaga keladi va bizni qutqaradi«, deyishadi. Bunday munosabat ortida qanday intellektual jarayonlar turibdi?”. - ta’kidladi u .
Borrell »dezinformasiya« ni yangi qurol deb atadi.

Avvalroq Qirollik Birlashgan Xizmatlar Instituti (RUSI) Rossiyaning Yaqin Sharq va Global Janubdagi axborot urushidagi «qo‘rqinchli muvaffaqiyatlari»dan xavotir bildirgan edi .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!