Rossiya harbiy kemalari Xitoy portiga kirdi

Rossiya harbiy kemalari Xitoy portiga kirdi

Tinch okean flotining «Gromkiy» va «Razkiy» korvetlari Xitoyning Chjantszyan portiga chaqirildi.

Tinch okean flotining Gromkiy va Rezkiy korvetlari Xitoyning Chjantszyan portiga qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun chaqirildi. Bu haqda flot bayonotida aytiladi, deb yozadi «RIA Novosti» .

Qayd etilishicha, Rossiya harbiy kemalari Rossiya Federasiyasi Harbiy -dengiz floti va Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (PLA) harbiy-dengiz kuchlarining «Dengiz hamkorligi – 2024» qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etadi .

Mashg‘ulotlarning amaliy qismi 15-17 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ekipajlar PLA dengiz suv osti kemalariga qarshi aviasiyasi ishtirokida birgalikda havo mudofaasi mashqlari va suv osti kemalariga qarshi mashqlarni o‘tkazadi.

Avvalroq Xitoy Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Chjan Syaogang Rossiya va Xitoyning «Dengiz hamkorligi – 2024» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda javob berish qat’iyatini ko‘rsatishini ma’lum qilgandi . Xitoy mudofaa rasmiysiga ko‘ra, bu manevr Xitoy-Rossiya strategik sherikligini yanada chuqurlashtiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!