Moskva viloyatida Sky Superjet 100 samolyoti halokatga uchradi

Moskva viloyatida Sky Superjet 100 samolyoti halokatga uchradi

Hodisa Moskva viloyatining Kolomna aholi punkti yaqinida yaqinida sodir bo‘lgan. Samolyot bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan, faqat ikki uchuvchi va bir yordamchi hodim bo‘lgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hodisa oqibatida butun ekipaj halok bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan Sukhoi Superjet 100 samolyoti 2014 yilda ishlab chiqarilgan va “Gazprom avia” kompaniyasi tomonidan boshqarilgan. Operativ xizmatlarning “TASS”ga ma’lum qilishicha, samolyot ta’mirlash ishlaridan so‘ng sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!