Aholi shovqinning zararli ta’siridan himoya qilinadi

Aholi shovqinning zararli ta’siridan himoya qilinadi

☝️ Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

➡️ Qonun loyihasi bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, ushbu sohadagi davlat organlarining vakolatlari, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensasiya to‘lovlari belgilanmoqda.

➡️ Shuningdek, davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik sohalarining aniq chegaralari nazarda tutilmoqda.

➡️ Yig‘ilishda qonun loyihasidagi normalar deputatlar bergan takliflar asosida olimlar, mutaxassislar, soha ekspertlari ishtirokida maromiga yetkazilmoqda.

➡️ Qonun loyihasini takomillashtirish davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!