Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vazirligi delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tashrifdan maqsad – adliya, huquqiy xizmat ko‘rsatish, notariat, advokatura sohasi hamda huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashishdan iborat.

Bugun XXR adliya vaziri o‘rinbosari Xu Veyle boshchiligidagi delegasiya O‘zbekiston Notarial palatasiga tashrif buyurdi.

Do‘stona boshlangan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Notarial palatasi rahbari Dilshod Ashurov Xitoylik mehmonlarni notariat sohasida o‘tkazilgan va davom etayotgan islohotlar, aholi uchun yaratilgan qulayliklar, xalqaro hamkorlik yuzasidan erishilgan muvaffaqiyatlar haqida tanishtirib o‘tdi.

Xitoy delegasiyasi a’zolari notariuslarning maqomi, notariuslar o‘rtasida sog‘lom raqobat, notariuslar jamoasini shakllantirish va moliyalashtirish, notariuslarning javobgarligi, notarial tasdiqlanishi shart bo‘lgan harakatlar borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.

Mehmonlar O‘zbekistonda qisqa davr ichida notariat sohasida amalga oshirilgan islohotlarga, ushbu islohotlar xalq manfaatida ekanligiga e’tibor qaratdilar. Shuningdek, Notarial palata tomonidan xalqaro hamkorlik masalalarida amalga oshirilgan ishlarga, erishilgan muvaffaqiyatlarga yuksak baho berdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!