Ro‘yxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani tanqid qilindi

Ro‘yxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani tanqid qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyatidagi ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5 yildan beri cho‘zilib kelayotgani tanqid qilinib, mas’ul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Ro‘yxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani, ayrimlarida esa aylanma va ish o‘rinlari qayd etilmagani “yashirin iqtisodiyot”dan dalolat berishi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu holatlarni o‘rganib, “soyadan” chiqishga ko‘maklashish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!