Bug‘doy o‘rimidan keyin 23 ming gektar maydon yoqib yuborilgan — “O‘zbekkosmos”

Bug‘doy o‘rimidan keyin 23 ming gektar maydon yoqib yuborilgan — “O‘zbekkosmos”

“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan dalalardagi noqonuniy yong‘inlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan kosmik monitoring natijalari elon qilindi.

➖Agentlik tomonidan olib borilgan kosmik monitoring natijalariga ko‘ra, joriy yilning iyul oyiga qadar Respublikadagi jami 23 ming 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida, somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1 ming 960 ta holat aniqlangan. Bu bo‘yicha chora ko‘rish maqsadida qonunda belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlarga ma’lumotlar yetkazilgan.

❗️“O‘zbekkosmos” agentligi ogohlantiradi:

➖G‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poyasi yoqilishiga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravardan o‘n baravarigacha miqdorda jarima soliib, yerga va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararlar ham hisoblanib, tegishli tarzda undirib olinishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!