Farg‘ona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi

Farg‘ona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Qayd etilganidek, o‘tgan yetti yilda viloyatda katta o‘zgarishlar bo‘ldi.

Kiritilgan investisiyalar hajmi 3 karra o‘sdi. Tovar aylanmasi 10 million dollardan oshgan 122 ta korxona paydo bo‘ldi. Farg‘ona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi.

Bugungi kunga kelib, viloyatda yangi korxona ochaman, kengaytiraman, innovasion loyiham bor, yuzlab, minglab odamni ishli qilmoqchiman, degan tadbirkor ko‘paydi.

Shu bilan birga, agar viloyat rahbariyati yangicha tizim qilib, tadbirkorlar bilan ko‘proq shug‘ullanganida edi, Farg‘onada 2-3 karra ko‘p natijaga erishish mumkin bo‘lar edi, dedi davlatimiz rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!