Makron Fransiya bosh vaziri Attalning iste’fosini qabul qilishga qaror qildi

 Makron Fransiya bosh vaziri Attalning iste’fosini qabul qilishga qaror qildi

Bu haqda France Bleu radiosi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Radio tarmog‘iga ko‘ra, prezident 16 iyul kuni amaldagi hukumatning navbatdagi yig‘ilishidan so‘ng Attal va uning hukumati iste’fosini qabul qiladi. Shu bilan birga, Attal yangi Vazirlar mahkamasi shakllanmaguncha hukumatni boshqarib turadi.

Fransiyada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarda Makron koalisiyasi mag‘lub bo‘lganidan keyin Attal iste’foga chiqishi haqida e’lon qilgan edi. Biroq Emmanuel Makron undan "mamlakat barqarorligini ta’minlash uchun hozircha lavozimida qolishini” so‘ragan edi.

Fransiya bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida hech bir siyosiy kuch Milliy Assambleyada mutlaq ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lolmadi. Mutaxassislarning fikricha, bu holat mamlakatda yangi hukumatni shakllantirish bilan bog‘liq siyosiy muammoni yuzaga keltirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!