O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi iyun oyida 13,3 foizga pasaydi

O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi iyun oyida 13,3 foizga pasaydi

O‘zbekistonda iyun oyida avtotransport vositalarining umumiy savdolari 13,6 foizga pasaydi. Faollik yillik hisobda 1,4 baravar qisqardi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida so‘z boradi.

Iyun oyidagi tadqiq natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha avtotransport vositalarining umumiy savdolari 13,6 foizga kamaygan hamda qariyb 87 ming donani tashkil etgan. Yillik hisobda bozor faolligi 1,4 baravarga qisqargan.

Shu bilan birga, yangi yengil avtomobillarning birlamchi bozori ikkilamchi bozorga qaraganda ancha barqaror dinamikani namoyish etmoqda. Elektr avtomobillar segmenti esa alohida qiziqish uyg‘otmoqda, bu yo‘nalishda birlamchi bozorda sotuvlarning 28 foizga pasayganiga qaramasdan, ikkilamchi bozor 2,4 foizga o‘sishni namoyon etgan.

Ushbu dinamika qisman mavsumiy omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki yozgi mavsum an’anaviy ravishda ishbilarmonlik faolligining pastligi bilan xarakterlanadi, deyiladi tahlilda.

Engil avtomobillar segmentidagi vaziyat

Oldingi oyga nisbatan 14 foizga o‘sish kuzatilgan may oyida yengil avtomobillar savdolari yil boshidagi bir oz pasayishdan so‘ng tiklanish belgilarini ko‘rsatayotgan edi. Biroq iyun oyida sotuvlar hajmi yana 13,3 foizga, 77,6 ming donagacha pasayishi yuz bergan.

Yil hisobida yengil avtomobillar bozori ham qisqardi, bu yo‘nalishda sotuvlar bir yilda 1,4 baravarga pasaygan.

Hududiy kesimda yengil avtomobillar savdosining dinamikasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iyun oyida eng katta pasayish Surxondaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — o‘rtacha 22 foizga — qayd etilgan.

Shu bilan birga, ba’zi hududlarda sotuvlar oshgani kuzatilgan. Xususan, 6 oyda Xorazm va Navoiy viloyatlarida o‘tgan yilning muqobil davriga solishtirganda o‘rtacha 7 foizlik ijobiy dinamika kuzatilmoqda.

Birlamchi avtobozordagi vaziyat

Iyun oyida yengil avtomobillarning birlamchi bozorida savdolar o‘tgan oyga nisbatan 9 foizga kamaygan hamda 26 ming donadan oshgan. Yillik hisobda faollikning kichikroq — 5,3 foizga pasayishi qayd etilmoqda.

Shunday qilib, yangi yengil avtomobillarning birlamchi bozori ikkilamchi bozorga nisbatan ancha barqaror dinamikani namoyish etmoqda. Iyun oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvining qisqarish tendensiyasi davom etgan. Xususan, bunday avtomobillar sotuvlari may oyiga nisbatan qariyb 10 foizga pasaygan. Yillik hisobda ushbu segmentda faollikning bir oz — atigi 0,8 foizga pasayishi kuzatilmoqda.

Engil xorijiy avtomobillar segmenti turg‘unligi davom etmoqda

O‘zbekiston bozorida xorijiy yengil avtomobillar bozori turg‘unlik belgilarini namoyon etmoqda. Iyun oyida ushbu segmentdagi sotuvlar atigi 0,4 foizga o‘sgan va 2,4 ming dona atrofidani tashkil etgan. Faollikning nisbatan kichik o‘sishi yillik hisobda sotuvlarning sezilarli pasayishini qoplamaydi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 34 foizni tashkil etgan.

Engil avtomobillar ikkilamchi bozori

Engil avtomobillar ikkilamchi bozoridagi vaziyat sotuvlar dinamikasining pasayishi, yillik sotuvlar hajmining pasayish tendensiyasini saqlab qolayotgani bilan tavsiflanadi.

Xususan, iyun oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi faollik o‘tgan oyga nisbatan 15,3 foizga pasaygan, o‘shanda pasayish 3,4 foizni tashkil etgan edi. Hisobot davrida ushbu segmentda 51,5 ming atrofida avtomobil sotilgan. Umuman olganda, sotuvlar yillik hisobda 1,6 baravardan ko‘pga qisqardi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

Iyunda yengil elektromobillar segmenti sotuvlarning pasayishini namoyon etdi. Sotuvlar hajmi 3 ming donaga yetgan, bu esa may oyidagiga nisbatan 800 dan ortiqqa kamdir. Shunga qaramasdan, elektromobillar savdosi o‘tgan yilning iyun oyi darajasiga nisbatan 1,3 baravarga oshgan.

Agar O‘zbekistonda elektromobillar birlamchi bozorida sotuvlar bir oy ichida sezilarli darajada — 28 foizga qisqargan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda buning aks tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu segmentda mart oyidan buyon faollikning o‘sishi qayd etilmoqda. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 2,4 foizni tashkil etgan.

Avvalroq O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi uch oy ichida birinchi marta o‘sgani, UzAutoMotors Lacetti Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabar bergan edi. 2024 yilning 8 may kuni esa UzAutoMotors 15 daqiqa ichida Lacetti’ga 4,4 mingta shartnoma tuzgan. Markaziy bankka ko‘ra mamlakatda avtomobillar asl narxidan qimmat sotilishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!