G7 davlatlari Isroil siyosatini qoraladi

G7 davlatlari Isroil siyosatini qoraladi

G7 davlatlari Isroil hukumatining ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilda aholi punktlarini kengaytirish bo‘yicha so‘nggi qarorlarini qoralab, bu harakat mintaqadagi tinchlik sa’y-harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh tashqi siyosat rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining oliy vakili Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrixning bosib olingan hududlardagi beshta aholi punktini qonuniylashtirish haqidagi bayonotiga bir ovozdan norozilik bildirdi.

Shuningdek, ular Isroilning 1270 gektardan ortiq hududni «davlat erlari» deb e’lon qilish va mavjud aholi punktlarida 5295 ta yangi turar-joy qurilishini ma’qullash, shuningdek, uchta yangi aholi punkti yaratish qarorini qoraladi.

💬 «Isroil hukumatining aholi punktlari dasturi xalqaro qonunlarga zid va tinchlik ishiga teskari», dedi vazirlar.

❕ Ular Isroil-Falastin mojarosini ikki davlat asosida hal qilish asosida mustahkam tinchlik o‘rnatish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar va Isroilni aholi punktlari bo‘yicha qarorini bekor qilishga chaqirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!