Navoiyda qiyoslanmagan tibbiy uskunalaridan bemorlarga tashxis qo‘yib kelingani aniqlandi

Navoiyda qiyoslanmagan tibbiy uskunalaridan bemorlarga tashxis qo‘yib kelingani aniqlandi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Navoiy viloyati inspektorlari tomonidan Navoiy shahrida joylashgan «Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi — ko‘p tarmoqli shahar markaziy poliklinikasi»da nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida, birlashmaga tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash uskunalari davlat metrologik qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmasdan foydalanilayotganligi aniqlandi, deb xabar berdi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu bilan, O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunining 16, 20-moddalari talablariga amal qilinmagan.

Tekshiruv natijasida birlashma mas’uliga ma’muriy chora ko‘rilgan. Birlashmaga 126 dona tibbiy uskunalari va o‘lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!