"YUVT Aero" aviakompaniyasi Qozondan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

"YUVT Aero" aviakompaniyasi Qozondan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

"YUVT Aero" aviakompaniyasi Tatariston poytaxtini Toshkent bilan bog‘laydi. Aviakompaniya 4 avgustdan muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishni boshlaydi.

Parvozlar haftada bir marta yakshanba kunlari Kanadada ishlab chiqarilgan, 50 o‘rinli Bombardiyer CRJ-200 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz 3 soatdan sal ko‘proq vaqt davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, "YUVT Aero" O‘zbekistonga parvozlarni 2023 yil sentyabridan boshlab amalga oshirib kelmoqda. Aviakompaniya Qozondan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan, parvozlar haftada bir marta shanba kunlari amalga oshiriladi.

"YUVT Aero" 2015 yilda tashkil etilgan Rossiyaning mintaqaviy aviakompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Bugulma shahrida joylashgan. Tatariston shaharlaridan muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi. Aviakompaniya qarorgohi Qozon aeroportida ham joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!