Quvada Prezident yig‘ilish o‘tkazmoqda

Quvada Prezident yig‘ilish o‘tkazmoqda

Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari kecha viloyatda yangi korxonalarni boshqarayotgan tadbirkorlar, zamonaviy texnologiyalarda ishlayotgan yoshlarimiz, chiroyli uy-joy massivlariga ko‘chib o‘tgan odamlarni ko‘rib, mamnun bo‘lganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, dunyodagi hozirgi o‘ta murakkab sharoitda yangi yo‘l ochish, investisiya olib kelish o‘z-o‘zidan bo‘lmayotgani qayd etildi.

Farg‘ona aholisi 4 milliondan oshdi. Bunday o‘sish bilan viloyat aholisi 2030 yilga borib 5 millionga yetadi. Bu – Farg‘ona viloyatini o‘zida yiliga 100 ta yangi bog‘cha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish kerak, degani.

Bu esa viloyat hokimi, uning 8 ta o‘rinbosari, 19 ta shahar-tuman hokimi oldiga katta vazifalar qo‘yib, ulardan qattiq mas’uliyat talab etishi ko‘rsatib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!