Nepalda ko‘chki natijasida ichida yetmishga yaqin yo‘lovchilar bo‘lgan ikki avtobus daryoga qulab tushdi

Nepalda ko‘chki natijasida ichida yetmishga yaqin yo‘lovchilar bo‘lgan ikki avtobus daryoga qulab tushdi

Juma kuniga o‘tar kechasi Nepalda toshqin ichida jami 66 kishi bo‘lgan ikki avtobusni daryoga olib tushib ketgan. Voqea joyida keng ko‘lamli qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmoqda. Avtobuslar kuchli musson yomg‘iri yog‘ayotgan mahalda shosse bo‘ylab Madandan Ashrit shahri tomon harakatlanayotgandi. Tungi soat 3 atrofida poytaxt Katmandudan taxminan 120 km masofadagi Simaltala hududida ular ko‘chki ostida qolgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslardan birida 24 kishi, boshqasida 42 kishi bo‘lgan, ammo haydovchilar yo‘lda qo‘shimcha yo‘lovchi olgan bo‘lishi ham mumkin.

Ayni vaqtgacha uch kishining taqdiri ma’lum: ularni mahalliy aholi vakillari halokat joyidan ancha uzoqdan topishgan, ular shifoxonaga yetkazilgan. Avtobuslar tushib ketgan Trishuli daryosi kuchli yomg‘irlar tufayli qirg‘oqlaridan toshib chiqqan. Ko‘chki yo‘lning o‘tish qismini to‘sib qo‘ygani va suv toshqinlari qutqaruvchilarning ishini qiyinlashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!