Erdo‘g‘an: Turkiya Germaniyadan yordam kutyapti

Erdo‘g‘an: Turkiya Germaniyadan yordam kutyapti

Erdo‘g‘an: Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirishni tezlashtirish uchun Germaniyadan yordam kutyapti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an NATO sammiti doirasida Germaniya bosh vaziri Olaf Shols bilan uchrashdi.

Prezidentlik ma’muriyati qoshidagi Aloqa idorasi, Erdo‘g‘an va Sholsning ikki tomonlama munosabatlar, Rossiya-Ukraina urushi va Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini muhokama qilganini ma’lum qild

Uchrashuvda Turkiya rahbari G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish imkoniyatini boy bermaslik uchun Isroilga bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidladi

Davlat rahbari mojaroning mintaqaga tarqalishining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an yig‘ilishda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini jonlantirish uchun Germaniyadan yordam kutayotganini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!