Terrorchilar yetakchisining bevasi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Terrorchilar yetakchisining bevasi o‘lim jazosiga hukm qilindi

«Islom davlati» jihodchi guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning bevasi Umm Hudayfa Iroq sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda BBC. U sud hujjatlarida Asma Muhammad sifatida ko‘rinadi, lekin Ummu Hudayfa nomi bilan mashhur.

Ayol 2018 yilda Turkiyada hibsga olingan. 2024 yil fevral oyida u Iroqqa ekstradisiya qilindi va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, unga qarshi tergov boshlandi. Bag‘dod jinoyat sudi uni ekstremistik tashkilotga yordam berishda va yazidiy ayollarni majburan asirlikda ushlab turishda aybdor deb topdi. Ayblanuvchining advokati hozircha Ummu Hadayfaning o‘lim hukmiga izoh bermadi va himoyachining apellyasiya berish imkoniyati bor-yo‘qligi aniq emas.

Iroq qamoqxonasidan BBCga bergan intervyusida Ummu Hudayfa turmush o‘rtog‘i 2014 yil yozida to‘qqiz nafar yazidiy qiz va ayolni o‘z uyiga olib kelganini tan oldi, biroq u erining harakatlariga hech qanday ta’siri yo‘qligini aytdi.

Ummu Hudayfa al-Bag‘dodiy Iroq va qo‘shni Suriyadagi ISHID operasiyalariga rahbarlik qilgan davrda uning birinchi xotini edi.

2019 yilda guruh mintaqadagi harbiy mag‘lubiyatidan bir necha oy o‘tib, AQSh kuchlari al-Bag‘dodiyning Suriya shimoli-g‘arbidagi boshpanasiga reyd uyushtirgan, u o‘z oilasining ayrim a’zolari bilan yashiringan. Tunnellardan birida qamalib qolgan ISHID yetakchisi portlovchi kamarni portlatib, o‘zini va ikki farzandini portlatib yuborgan. Otishmada al-Bag‘dodiyning to‘rt xotinidan ikkitasi halok bo‘lgan.

Ummu Hudayfa o‘sha paytda u yerda bo‘lmagan, u Turkiyaning janubida edi. Tez orada u hibsga olindi. Joriy yilning fevral oyida u Iroqqa olib kelingan.

Yazidiylar Iroqdagi kurd tilida so‘zlashuvchi etnik-diniy ozchilik bo‘lib, ildizlari zardushtiylikdan kelib chiqqan yazidiylikka e’tiqod qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!