Samarqandda 35 nafar rahbarlar 64,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimaga tortildi

Samarqandda 35 nafar rahbarlar 64,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimaga tortildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan hrm.argos.uz — inson resurslarini boshqarishning yagona elektron axborot tizimi joriy etilgan. Natijada vakant lavozim uchun o‘tkazilayotgan tanlovdan tortib, kadrlarga oid barcha hujjatlarni yuritish faqatgina shu platformada amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Agentlikning Samarqand viloyati filiali tomonidan ham viloyatdagi davlat organlarining inson resurslarini boshqarishga oid ma’lumotlari va hujjatlarini platformada o‘z vaqtida shakllantirilishi hamda yuritilishi doimiy monitoring qilib kelinmoqda.

2024 yilning o‘tgan 6 oyi davomida o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, belgilangan qaror talablariga rioya qilmagan hamda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Zarafshon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi 5 ta viloyat boshqarma boshliqlari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining 13 ta, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 8 ta hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining 9 ta tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, jami 35 nafar rahbarlar 64,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimaga tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!