Qidiruvdagi Lasetti jarima maydoniga joylashtirildi

Qidiruvdagi Lasetti jarima maydoniga joylashtirildi

Qidiruvda bo‘lgan "Katta bolalar"ning mashinasi YPX xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida ushlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.

Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Byuroning qidiruv shubasi va YHXB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan qidiruv tadbirida Jizzax-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro D.O. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilgan.

Tadbir davomida D.O. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtotransport vositasi 28 marotaba qoida buzganligi, mazkur jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi hamda qidiruvda bo‘lganligi aniqlanib jarima maydoniga vaqtincha saqlash uchun joylashtirildi.

Hozirda haydovchidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!