Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari yagona fikrga keldi

Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari yagona fikrga keldi

Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari Fumio Kisida va Yun Sok Yol NATO sammitidagi uchrashuvda alyans bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yagona fikrga keldi, deb xabar tarqatdi kun chiqar mamlakat hukumati bosh kotibi Yosimasa Xayasi.

– Mamlakatlar Yevropa-Atlantika va Hind-Tinch okeani mintaqalari xavfsizligi ajralmas ekanini ta’kidladi, NATO va Hind-Tinch okenidagi hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish zarurligi haqida yagona fikrga keldi, – dedi Xayasi Tokioda o‘tkazilgan matbuot anjumanida. – Ikki mamlakat Shimoliy Koreyadagi vaziyat va boshqa masalalar bo‘yicha ham ochiqchasiga fikr almashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!