Raqobat qo‘mitasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga kelib tushgan murojaatda elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan.

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi 364-sonli qarori 3-bandi (Vazirlar Mahkamasining 10.09.2003 yildagi 525-f-sonli Farmoyishi 1-bandi)da O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diniy tashkilotlar 2003 yil 1 sentyabrdan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lashi ko‘rsatilgan.

🔎 Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlar jarayonida, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markaziga yetkazib berilgan elektr energiya uchun yuritilgan hisob-kitoblarda yuqoridagi qaror talablariga rioya qilmagan holda amalda belgilangan tariflarni oshirib qo‘llash natijasida majmuaga nisbatan 115,0 mln so‘mlik qo‘shimcha to‘lov hisoblanganligi aniqlangan.

❕ Shu munosabat bilan, boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!