Falastinliklarga qarshi zo‘ravonlik uchun AQSh Isroil rasmiylariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Falastinliklarga qarshi zo‘ravonlik uchun AQSh Isroil rasmiylariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Vashingtonga ko‘ra, sanksiyalar G‘arbiy Sohilda falastinlik tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq.

Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Mettyu Miller bayonotida aytiladi, deb xabar beradi tass.ru.

“Bugun biz G‘arbiy Sohilda tinch aholiga qarshi zo‘ravonlik harakatlari sodir etgan isroillik uch nafar jismoniy va besh nafar yuridik shaxsga qarshi sanksiyalar kiritmoqdamiz”, deyiladi hujjatda.

Miller, shuningdek, Isroil hukumatini ro‘yxatdagi shaxs va tashkilotlarni zudlik bilan javobgarlikka tortishga chaqirdi. “Bunday qadamlar bo‘lmasa, biz o‘z javobgarlikka tortish choralarimizni ko‘rishda davom etamiz”, deya qo‘shimcha qildi Miller.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!