Ukraina vaziri Kiyevning “g‘alaba rejasi” haqida ma’lum qildi

Ukraina vaziri Kiyevning “g‘alaba rejasi” haqida ma’lum qildi

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerovning aytishicha, Kiyevning “g‘alaba rejasi” mavjud, biroq uni amalga oshirish uchun ko‘proq qurol kerak.

Umerovga ko‘ra, Ukrainaga yangi havo hujumidan mudofaa tizimlari kerak.

Ammo G‘arb davlatlarining qurol-yarog‘ yetkazib berishdagi qat’iyatsizligi reja amalga oshirilishini kechiktirishi mumkin, — deydi vazir.

Avvalroq mamlakat TIV rahbari Dmitriy Kuleba dunyoda mavjud bo‘lgan barcha Patriot havo mudofaa tizimlari Ukrainaga keltirilishiga va’da bergan edi. U buning uchun vaqt talab qilinishi mumkinligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Kuleba F-16 qiruvchi samolyotlari 2024 yilning yozida Ukraina osmonida jang qilishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yetkazib berishning faqat birinchi to‘lqini davom etmoqda.

Avvalroq AQSh hukumati, shuningdek, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Ruminiya kabi davlatlar havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash uchun Ukrainaga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor ekanliklarini bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!