O‘zbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi o‘yinda Gvatemalaga yutqazdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi o‘yinda Gvatemalaga yutqazdi

Futzal bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Gvatemala termasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Bellashuv termamizning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘zbekiston safida Mehroj Xudoyberganov va Dilshod Rahmatov urgan bo‘lsa, Gvatemala tarkibida Patrik Ruis ikkita, Roberto Alvorado bitta gol urdi.

Xose Venansio Lopes shogirdlari 11 iyul kuni ham Gvatemalaga qarshi o‘ynagandi. Kecha bo‘lib o‘tgan bahsda O‘zbekiston 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!