Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.SH. fuqaro SH.B. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishlash uchun yuborishni va’da qilib, evaziga ularning 18 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro X.T. fuqaro S.K.ning ishonchiga kirib, uni Kanada davlatiga ishga yuborishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.J. fuqaro E.X.ni 1 500 AQSh dollari evaziga Serbiya yoki Bolgariya davlatlariga ishlash uchun viza olib berishini aytib, shundan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!