Xabek: Ukrainadagi mojaro tezda tugashiga umid yo‘q

Xabek: Ukrainadagi mojaro tezda tugashiga umid yo‘q

Germaniya vise-kansleri va Iqtisodiy ishlar vaziri Robert Xabek Ukraina mojarosining “yaxshi yakun” bilan tez yakunlanishiga umid yo‘q, degan fikrni bildirdi.

Uning videomurojaati X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.

"Ehtimol, biz boshqacha istasak ham tez yaxshi yakun bo‘lmaydi", dedi u.

Shu bilan birga, Xabek mojaroni "muzlatish" g‘oyasiga qarshi chiqdi va bunday qarorlarni faqat Kiyev qabul qilishi mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya to‘liq harbiy asosga o‘tgan va qurollar sonini oshirmoqda. Shu bilan birga, Germaniya va Yevropa "xavfsizlikka mumkin bo‘lgan tahdid"ga tayyorlanishi kerak, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Xabek, shuningdek, Kiyevga harbiy yordamni davom ettirish tarafdori, shu bilan birga, odamlar keskinlashuvdan qo‘rqishini tushunishini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!