Blinken: Putin xato qilyapti...

Blinken: Putin xato qilyapti...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uzoq urushga kirsa adashadi, chunki vaqt u tomonda emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kiyev politexnika institutida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Ukraina OAVlari.

“Rossiya 20 yildan beri Ukraina ustidan nazorat uchun kurashda yutqazib kelmoqda. Putin xato qilyapti - vaqt Ukraina tomonida. Chunki har oy biz birgalikda bajarayotgan ish Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zolikka yaqinlashtiradi”, - deya ta’kidladi u.

Blinken, shuningdek, Ukraina har oy xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ko‘proq shartnomalar imzolayotganini, mudofaa ishlab chiqarishni ko‘paytirishini, G‘arb qurollarini ko‘proq qabul qilib, iqtisodiyotni mustahkamlayotganini eslatdi.

“Rossiya zamonda orqaga ketmoqda, Ukraina oldinga intilmoqda”, - deya xulosa qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!