Video: Lasetti haydovchisi qizil kitobga kiritilgan kiyikni urib yubordi

A A A
Video: Lasetti haydovchisi qizil kitobga kiritilgan kiyikni urib yubordi

Lacetti haydovchisi qizil kitobga kiritilgan kiyikni urib yubordi. Bu haqda UPL muxbiri xabar bermoqda. Hodisa Urganch-Nukus avtomagistralida yuz bergan.

Haydovchi yovvoyi hayvonlar borligi haqidagi yo‘l belgisini e’tiborsiz qoldirib, sekinlashmagan va kiyikni urib yuborgan. Ekologlarning fikriga ko‘ra, shunga o‘xshash hodisalar ko‘pincha ushbu magistraldagi yo‘l belgisining haydovchilar e’tiboridan chetda qolishi sababli ro‘y beradi.

Endi haydovchi mamlakat qonunlariga muvofiq jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!