Vengriya sayyohlik kompaniyasi O‘zbekistonga xorijiy turistlarni jalb qilishga ko‘maklashadi

Vengriya sayyohlik kompaniyasi O‘zbekistonga xorijiy turistlarni jalb qilishga ko‘maklashadi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning "Mauri Kft." sayyohlik kompaniyasi boshqaruvchi direktori Attila Kalanovich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida Vengriya tomoni O‘zbekiston bilan munosabatlarda, ayniqsa, turizm sohasida erishilgan sezilarli yutuqlarni yuqori baholadi. Bunday rivojlanish mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va madaniy almashinuvlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Qayd etilganidek, shu yilning 30 iyun kunidan boshlab Toshkent–Budapesht–Toshkent yo‘nalishida havo qatnovlarining qayta tiklanishi rejalashtirilgani Vengriyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishda muhim qadam va kuchli rag‘bat bo‘ladi.

Uchrashuvda, shuningdek, Vengriyadan O‘zbekistonga tashrif buyurish istagida bo‘lgan sayyohlarni yanada ko‘proq jalb etishga qaratilgan bir qator qo‘shma tadbirlar tashkil etish ham muhokama qilindi.

1997 yilda ochilgan "Mauri Kft." kompaniyasi sayohatlar, biznes va korporativ tadbirlarni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!