Venesiya kanallari qurib qoldi

Venesiya kanallari qurib qoldi

 

 

 

Odatda suv sathi ko‘tarilishidan jabr chekib kelgan Venesiya (Italiya)da 2021 yilda buning aksi kuzatilmoqda: suv naq 48 santimetrga pasayib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Natijada sayyohlarni tashuvchi mashhur gondola (qayiq)lar qirg‘oqlarda qolib ketdi. Endi venesiyaliklarga harakatlanish yanada qiyinlashdi, chunki ularning asosiy transporti eshkakli va motorli qayiqlar edi.

 

Venesiyadagi asosiy suv yo‘li — Grand-kanalda suv hozircha bor. Biroq uning sathi ham anchagina pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil iyunida Venesiyaning to‘rtdan bir qismini suv bosgandi. O‘shanda suv sathi me’yordan 116 santimetr yuqorilagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!