O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.

Bu haqda “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilandi.

Unga ko‘ra, Milliy gvradiya va IIV tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belginayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyati tomonidan so‘zsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Hukumatning ushbu qarori bilan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kirtiladi.

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!