O‘zbekistonda UzAuto Inzi'dagi davlat ulushi xususiylashtirishga qo‘yildi

O‘zbekistonda UzAuto Inzi'dagi davlat ulushi xususiylashtirishga qo‘yildi

O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi avtomobillar uchun alyuminiy qismlar ishlab chiqaruvchi UzAuto Inzi qo‘shma korxonasining davlat ulushi – 50 foiz aksiyasini kimoshdi savdosiga qo‘ydi.

Aktivning boshlang‘ich bahosi qariyb 113,36 milliard so‘mni (9,04 million dollar) tashkil etadi.

Maydoni qariyb 15,4 ming kvadrat metr bo‘lgan zavodning balans qiymati 122,6 milliard so‘m (9,77 million dollar)ga baholanmoqda.

O‘zbekiston poytaxtida joylashgan ishlab chiqarish majmuasining eskirish darajasi 38 foizdan oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!