O‘zbekistonda ko‘p funksiyali texnologik bog‘ quriladi

O‘zbekistonda ko‘p funksiyali texnologik bog‘ quriladi

TOSHKENT (Turon24) – Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ko‘p funksiyali “Oqlon” texnologik bog‘i quriladi. Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilishicha, bog‘ hududida mahsulot, material va komplekt buyumlarning yangi turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

Qurilish hududi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “PSBCapital” MCHJga daromad talab qilmasdan beriladi.

2019 yil 1 sentyabrga qadar banklar va loyiha tashabbuskorlari sifatli, raqobatbardosh import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investisiya ajratishni ta’minlashlari zarur.

Bog‘ning umumiy maydoni 1,8 ga bo‘ladi. Hozirgi kunda ushbu hudud O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi sport mutaxassislarini ilmiy-uslubiy ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga tegishli.

Manba: turon24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!