O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4200 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4200 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 7 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4181 (+87) nafarni tashkil etmoqda. 
Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan. 
Ayni paytda yurtimizda 3268 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
‼️Hozirda mamlakatimizda 896 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!