O‘zbekistonda bugunga qadar qancha odam koronavirusga qarshi emlandi?

A A A
O‘zbekistonda bugunga qadar qancha odam koronavirusga qarshi emlandi?

O‘zbekistonda 4617 kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda bugun  Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. 

Koronavirusga qarshi emlash jarayonini puxta rejalashtirish va tibbiyot xodimlarini maxsus “Xavfsiz immunizasiya” shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha vaksinatorlar ro‘yxati shakllantirildi. 2021 yilning 1 fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha bilim saviyalarini oshirishga qaratilgan trening va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirildi. 

Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasini xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasini oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida III faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 5000 nafar ko‘ngillilar orasida immunizasiya tadbirlarini o‘tkazilishi uchun vaksina olib kelingan. Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassis kelgan, bugungi kunda Innovasiyani rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 3-faza klinik bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ko‘ngillilarni tibbiy ko‘rikdan va skringdan o‘tkazish ishlari 2020 yilning 12 dekabridan boshlangan bo‘lib, 2021 yil 27 yanvariga qadar 9583 nafar ko‘ngilli tibbiy ko‘rik va suhbatdan o‘tkazildi.

2020 yilning 12 dekabridan 27 yanvariga qadar jami 4617 nafar ko‘ngillida vaksinasiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!