O‘zbekistonda 200 ta mikroGES quriladi

O‘zbekistonda 200 ta mikroGES quriladi

GESlar Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryoda barpo etiladi, deya xabar berdi @Sputnikuzbek.

“Loyihalarni amalga oshirish uchun yerlarni tadbirkorlarga 20 yil muddatga ijaraga berish tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, mikro GES foydalanishga topshirilgandan so‘ng tadbirkor 10 yil muddatga mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi”, deydi O‘zbekgidroenergo bo‘lim boshlig‘i Avazbek Zokirov.

Ularni qurishga xususiy sektorni ham jalb qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda auksion orqali 60 ga yaqin mikro va kichik GES loyihasining xususiy tashabbuskorlari aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!