O‘zbekiston Xitoyga 3 000 tonna mayiz va 2 000 tonna yong‘oq eksport qiladi

O‘zbekiston Xitoyga 3 000 tonna mayiz va 2 000 tonna yong‘oq eksport qiladi

Jahonda yetishtiriladigan sabzavotlarning 60 foizi, mevalarning esa 30 foizi Xitoyning ulushiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat yiliga 20 milliard AQSh dollari qiymatidagi qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi.

Shunga qaramay Xitoy vakillari O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va danakli mevalarni muntazam ravishda xarid qilib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «O‘zbekoziqovqatxolding» XK matbuot xizmati «Daryo»ga xabar bermoqda.

Xitoy karantin va bojxona xizmati tomonidan olib borilgan uzoq muzokara va tekshiruvlardan so‘ng, o‘zbek giloslari eksportiga ruxsat berildi.

Bugunga kelib «O‘zagroeksport» AJ Xitoyga 22,4 million AQSh dollarini tashkil etuvchi 23,5 ming tonna meva va dukkakli ekin mahsulotlarini eksport qilishga erishdi.

6 iyun kuni «O‘zbekoziqovqatxolding» XK boshqaruv raisi Tohir Jalilov hamda Xitoyning Industrial Co LTD bosh menejeri Sian Chjunxe o‘rtasida meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra xitoyliklar bilan 10 000 tonna gilos, 3 000 tonna mayiz va 2 000 tonna yong‘oq mahsulotini eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq, O‘zbekiston gilosi ilk bor Xitoyga eksport qilingani haqida xabar berilgan edi.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!