O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida adliya sohasidagi hamkorlik rivojlatiriladi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida adliya sohasidagi hamkorlik rivojlatiriladi

O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiya Arabistoni adliya vazirining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bashar al-Mufdiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Adliya vazirligi xodimlari uchun Saudiyada qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bashar al-Mufdiy so‘nggi yillarda ikki qardosh mamlakat o‘rtasida hamkorlik ko‘lami ortib borayotganini ta’kidladi. Ushbu sa’y-harakatlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlarining siyosiy irodalari va ularning xalq manfaatlari uchun olib borayotgan islohotlarining amaliy natijasi ekanini qayd etildi.

Ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani va anglashuv memorandumi imzolangani ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash va hamkorlik istiqbollarini belgilash maqsadida bir qator takliflar bo‘yicha fikr almashdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!