Turkiy davlatlar harbiy hamkorligi kuchaymoqda – ekspert

Turkiy davlatlar harbiy hamkorligi kuchaymoqda – ekspert

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) ko‘p qutbli dunyoga intilayotgan, umumiy turkiy o‘ziga xoslikka ega mamlakatlarni muvaffaqiyatli birlashtirgan yangi geosiyosiy o‘yinchi sifatida maydonga chiqdi. Bu haqda siyosatshunos Taras Kuzyoning Eurasia Review nashrida e’lon qilingan maqolasida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2009 yilning oktyabr oyida Ozarbayjonning Naxchivon avtonom respublikasida tashkil etilgan.

Biroz vaqt o‘tib, Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VIII sammitida Turkiy kengash nomi Turkiy davlatlar tashkilotiga o‘zgartirilgan.

Dastlab Ozarbayjon va Turkiya TDTga a’zo davlatlar integrasiyalashuvining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi paytda Qozog‘iston va O‘zbekiston ham tashkilotning faol a’zolari sifatida maydonga chiqyapti.

Eng muhimi, TDT aksariyat tashkilotlardan farqli o‘laroq teng huquqli davlatlar ittifoqini ifodalaydi. Turkiya boshqa davlatlarga qaraganda ko‘proq aholiga ega bo‘lsa-da, tashkilotning boshqa a’zolari Anqarani gegemon deb bilmaydi.

TDT kotibiyati Istanbulda joylashgan, shunga qaramay tashkilot boshqa a’zo mamlakatlarda, masalan, Ozarbayjon va Qozog‘istonda ham o‘z tuzilmalariga ega.

Kuzyo MDH, Britaniya hamdo‘stligi yoki Frankofoniya singari tashkilotlarda sobiq mustamlakachi davlatlar Rossiya, Britaniya va Fransiya yetakchilik qilishi, qolgan davlatlar esa siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik masalasida kuchli uchlikning fikriga quloq solishini qo‘shimcha qilgan.

"Ayniqsa Ozarbayjonning Armaniston bilan mojaroda g‘alaba qozonishi turk birligini mustahkamlashda yangi davrni boshlab berdi", – deyiladi xabarda.

Siyosatchi Turkiya harbiy ta’limi eskirgan Rossiyadan farqli o‘laroq, mintaqa davlatlarining qurol importi borasidagi e’tiborini tortayotganiga e’tibor qaratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!