Falastinning tan olinishida turkiyalik jurnalistlarning o‘rni e’tirof etildi

Falastinning tan olinishida turkiyalik jurnalistlarning o‘rni e’tirof etildi

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi boshlig‘i Fahriddin Altun ilgari buni istamagan ba’zi davlatlar bugun Falastinni tan olishsa, bunda Turkiyaning diplomatik tashabbuslari bilan bir qatorda qirg‘in va zulm sharoitida o‘z kasbini ado etayotgan muxbir va jurnalistlarning ham ulkan hissasi borligini ta’kidladi.

Shuningdek, Fahriddin Altun turkiyalik muxbirlar nizoli hududlarda jurnalistika nuqtai nazaridan o‘rnak bo‘layotganini e’tirof qildi.

«Jamiyatda axborotga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash va haqiqatni yoritishda davom etish bo‘yicha uzoq muddatdan beri ishlayotgan ommaviy axborot vositalarining muhim vazifalari bor. Unutmaylik, dezinformasiya ya’ni yolg‘on axborot o‘z mohiyatiga ko‘ra arzon va sifatsizdir. Haqiqiy jurnalistika esa qimmatli, malakali va mehnat mahsulidir», – dedi Fahriddin Altun.

Kommunikasiya boshqarmasi boshlig‘i jurnalistlar mintaqaviy va global inqirozlar kechayotgan nuqtalarda, ayniqsa, G‘azodagi shafqatsizlikni ommaga yetkazish uchun o‘z hayotlarini o‘rtaga tikkan holda ish olib borishayotganini ta’kidladi.

Darhaqiqat, bugungi kunda media va jurnalistikaning dunyo geosiyosatida ham alohida o‘rni bor. Bu ish o‘ziga xos sharafli bo‘lish bilan birga, katta mas’uliyat ham yuklaydi. Falastin va boshqa masalalarda esa jurnalistlar xolis va adolatli bo‘lmog‘i lozim.Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi boshlig‘i Fahriddin Altun ilgari buni istamagan ba’zi davlatlar bugun Falastinni tan olishsa, bunda Turkiyaning diplomatik tashabbuslari bilan bir qatorda qirg‘in va zulm sharoitida o‘z kasbini ado etayotgan muxbir va jurnalistlarning ham ulkan hissasi borligini ta’kidladi.

Shuningdek, Fahriddin Altun turkiyalik muxbirlar nizoli hududlarda jurnalistika nuqtai nazaridan o‘rnak bo‘layotganini e’tirof qildi.

«Jamiyatda axborotga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash va haqiqatni yoritishda davom etish bo‘yicha uzoq muddatdan beri ishlayotgan ommaviy axborot vositalarining muhim vazifalari bor. Unutmaylik, dezinformasiya ya’ni yolg‘on axborot o‘z mohiyatiga ko‘ra arzon va sifatsizdir. Haqiqiy jurnalistika esa qimmatli, malakali va mehnat mahsulidir», – dedi Fahriddin Altun.

Kommunikasiya boshqarmasi boshlig‘i jurnalistlar mintaqaviy va global inqirozlar kechayotgan nuqtalarda, ayniqsa, G‘azodagi shafqatsizlikni ommaga yetkazish uchun o‘z hayotlarini o‘rtaga tikkan holda ish olib borishayotganini ta’kidladi.

Darhaqiqat, bugungi kunda media va jurnalistikaning dunyo geosiyosatida ham alohida o‘rni bor. Bu ish o‘ziga xos sharafli bo‘lish bilan birga, katta mas’uliyat ham yuklaydi. Falastin va boshqa masalalarda esa jurnalistlar xolis va adolatli bo‘lmog‘i lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!