Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi Navro‘z bog‘ida 5000 ta shar uchirilishi haqida e’lon tarqaldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Milliy gvardiya xodimlaridan iborat ishchi guruh voqea joyida bo‘lib, holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida sharlar yorilib, yaroqsiz holatga keltirildi va holatga chek qo‘yildi.
Ta’kidlash joizki, vazirlik tomonidan plastik o‘yinchoqlar, sharlarni uchirish, tabiatni ifloslantirishga, chiqindilar bilan to‘ldirishga sabab bo‘ladigan boshqa shu kabi tadbirlar doimiy tarzda qoralab kelinmoqda. Vazirlik tomonidan bu kabi holatlar taqiqlanganligi va javobgarlikka sabab bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlanmoqda.
Xususan, avvalroq «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 10 000 ta plastik o‘rdakchalar tushirilmoqchi ekanligi xabarlar tarqalgandi. Vazirlik bu holat yuzasidan keskin munosabat bildirdi. Natijada bu tadbir bekor qilindi.
Diqqat!
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28 iyundagi «Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, ommaviy tadbirlarda fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar moddiy boyliklarini bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzon narxlarda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga amal qilmagan tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi MJtKga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ammo, ming afsuski, ekologiya va aholi salomatligi haqida umuman qayg‘urmaydigan ayrim tadbirkorlar, ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan shar uchirish kabi tadbirlar o‘tkazilishi uchrab turibdi.
Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan turli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, sharlarni O‘zbekistonga olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini 10 baravarga oshirish, yurtimizda shar uchirish kabi tadbirlarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga utilizasiya talabini qo‘yish va bunda sharlarning narxiga nisbatan 100 baravar miqdorda narx belgilash taklif qilinmoqda.
Ekologiya vazirligi bu kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tarafdori. Shuning uchun ekologiyaga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni plastik o‘yinchoqlar, sharlar uchirish kabi tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik, bunday tadbirlarda ishtirok etmaslikka chaqiramiz.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Каримова фирибгарлик ва ўзлаштириш айбловлари билан судланган. БМТ унинг ҳуқуқлари, жумладан, эркинлик, адолатли суд ва айбсизлик презумпцияси бузилганини таъкидлаган.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.