UFC 303 turnirining bonuslari ma’lum bo‘ldi

UFC 303 turnirining bonuslari ma’lum bo‘ldi

Las-Vegasda O‘zbekiston vaqti bilan 30 iyun tongida UFC 303 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangi yarim og‘ir vazn toifasida vakillari Aleks Pereyra va Irji Proxazka o‘rtasida kechdi. Pereyra 2-raund boshida Irjini texnik nokautga uchratdi va kamarini himoya qildi.

Turnirning bonuslari e’lon qilindi. Aleks Pereyra, Peyton Telbott, Meysi Chiasson va Jo Payferlar kechaning eng yaxshi jangchilari bo‘ldi va 50 ming dollardan bonusga ega chiqdi.

Andre Fili va Kab Suonson o‘rtasidagi jang esa turnirning eng yaxshisi deb topildi. Ushbu qarama-qarshilikda Fili hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!