SSV: Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida zamonaviy mammograf o‘rnatildi

SSV: Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida zamonaviy mammograf o‘rnatildi

Yaponiya — O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli hamkori. Mamlakatlarimiz o‘rtasida tibbiy kadrlarni tayyorlash, kasalliklar muolajasi va profilaktikasi, sohani raqamlashtirish kabi qator yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.

Xususan, “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida kunchiqar yurt tomonidan mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash uchun ajratib kelinayotgan grantlar ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga xizmat qilyapti.

Kuni kecha mazkur dastur asosida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasida zamonaviy mammograf o‘rnatilgani o‘zaro hamkorlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Ushbu diagnostika uskunasi orqali 45-65 yoshli ayollar reja asosida 2 yilda 1 marta tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Bunday ilg‘or tibbiy uskunaning keltirilishi bemorlarni viloyat markazi yoki poytaxtga borib, sarson bo‘lishlariga chek qo‘yadi hamda ko‘krak bezi saratonini erta bosqichlarda aniqlash, o‘z vaqtida davolash va uning oldini olish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!