Magistraturaga hujjat topshirish boshlandi

Magistraturaga hujjat topshirish boshlandi

Bugun,1 iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi.

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!