O‘zbekiston o‘quv markazining vakillari Oksford universitetidagi Xalqaro forumda ishtirok etishdi

O‘zbekiston o‘quv markazining vakillari Oksford universitetidagi Xalqaro forumda ishtirok etishdi

O‘zbekistondagi eng nufuzli o‘quv markazlaridan bo‘lmish RIKS Education jamoasi Oksford universiteti tomonidan ta’lim muassasalari rahbarlari uchun tashkil etilgan Xalqaro forumda ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbir Oksford universitetining Worcester i Balliol kollejlarida jahonda xususiy ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassislarni birlashtirdi. Ta’lim muassasalari rahbarlari to‘rt kun mobaynida turli mavzulardagi seminar-treninglarda ishtirok etdilar, hamkasblari bilan xalqaro darajada fikr almashdilar.  Ushbu mashg‘ulotlarni Oxford, Northampton, Buckingham kabi yetakchi universitetlarning o‘qituvchilari o‘z chiqishlari bilan yanada jonli tus berdilar. Asosiysi, bu seminarlar jonli munozaralar va darslarni tashkil qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga boy bo‘ldi.

— Qisqa muddatga bo‘lsa-da, aql bovar qilmas ixtirolar qilgan ko‘plab tarixiy olimlarni yetishtirgan Oksford universiteti hududida bo‘ldik. Universitetning tarixiy muhitiga g‘arq bo‘ldik. Tajribali o‘quv muassasalari rahbarlari bilan fikr almashish esa biz uchun sharaf bo‘ldi. O‘zbekistondagi o‘quv markazlari ichida birinchi bo‘lib ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etganimizdan shodmiz, — dedi RIKS Education o‘quv markazining asoschisi va direktori Azimjon Xusanov.

Ta’kidlash joizki, Oksford universiteti — ta’lim olamidagi tirik afsona, ilm-fanning ko‘plab tarmoqlari bo‘yicha yetakchi va sayyoramizning yirik tadqiqot o‘chog‘idir. Ushbu ta’lim muassasasi jahon universitetlarining nufuzli reytinglarida yetakchi o‘rinlarni egallab keladi, masalan, The World University Ranking reytingida to‘rt yildan beri birinchilikni hech kimga bo‘shatib bermasdan, egallab turibdi.

Oksford universitetidagi Xalqaro forumda O‘zbekiston ta’lim kompaniyalari orasida birinchilardan bo‘lib ishtirok etgan RIKS Education o‘quv markaziga kelsak, u ingliz tilini o‘qitish va IELTS sohasida yurtimizda eng nufuzli o‘quv yurtlardan biri deb tan olingan. 12 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan markaz nafaqat milliy, balki xalqaro darajada ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!