O‘zbekiston shu yildanoq shakar ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin

O‘zbekiston shu yildanoq shakar ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin

O‘zbekistondagi shakar ishlab chiqaruvchi zavodlarning kamida bittasi bu yil ish faoliyatini qayta tiklashi mumkin, deya xabar berdi «O‘zbekoziqovqatxolding» XK raisi o‘rinbosari Asatilla Salimov Kun.uz muxbiriga.

2017 yil oxirida yiliga 700 ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega ikkita «Xorazm-shakar» va «Angren-shakar» zavodlari milliy valyutaning devalvasiyasi sababli o‘z ishini to‘xtatib qo‘ydi.

Salimovning so‘zlariga ko‘ra, kursning sakrashi tufayli ularning shakari endi 6000 so‘m turadi. Shu sababli, O‘zbekiston ichki talabni nisbatan arzonroq import shakari hisobidan to‘liq qoplashga majbur.

«Kurs keskin o‘zgarganligi sababli, ular hozircha narx bo‘yicha raqobatlasha olmaydi. Shuning uchun zavodlarimiz hozir ishlamayapti. Menimcha, bu yil Angrenda shakar ishlab chiqarish boshlanadi. Hozirda ular narx omili, logistikani o‘rganmoqda. Davlat shakarning 6-7 ming turishini xohlamaydi», - deydi Salimov.

Uning ta’kidlashicha, korxonalar rahbariyati mahalliy shakarning tannarxini pasaytirish maqsadida logistika va boshqa xarajatlarni optimallashtiradi. Xomashyo yetkazib beruvchilar sifatida Pokiston, Tailand yoki Kuba ko‘rilmoqda. «Agar zavodlar ish boshlasa, umuman olganda, ular asosan ichki talabni qondira oladi», - deya qayd etib o‘tdi xolding raisining o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yana bir to‘xtatib turuvchi omil qand lavlagisini yetishtirish uchun yerning yetishmasligida. Shu sababli, mahalliy korxonalar o‘zlarining quvvatlarini xorijdan keltirilgan shakarqamish bilan to‘ldirishga majbur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!