O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi nega kommaga tushdi?

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi nega kommaga tushdi?

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning kasalxonada yotganligi aks etgan fotosurat tarqaldi. Fotosurat sharhiga “San’at instituti talabasi 5 kundan beri komada”, deb yozilgan.

Mazkur holat yuzasidan IIBB ma’lumot berdi. Joriy yilning 19 fevral kuni soat 12.30 larda 18 yoshli Madamin A. va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi 20 yoshli Jaxongir A. o‘rtasida kelib chiqqan mojaro, janjalga aylangan. Natijada Madamin A. qo‘l jangi usulini qo‘llab, ikkalasi yerga yiqilgan. Yiqilish jarayonida Jaxongir A. beton to‘siqqa boshi bilan urilgan. Oqibatda u tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Madamin A. jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan. Tergov davom etmoqda.

Shuningdek, hozirda Jaxongir A. jarohlik amaliyotidan o‘tganligini va koma holatidan chiqqanligini, shifokorlar uning ahvolini mo‘’tadil deb baholayotganligini ma’lum qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot, hozir aniqlanishicha, yigit yana komaga tushib qolgan. Uning tezroq tuzalib ketishini, oilasi va yaqinlariga kuch va sabr tilaymiz. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!